Ishlab chiqarish jarayoni - Tualet sovuni "Perfetto"

Perfetto
Jump to content

Ishlab chiqarish jarayoni

Ishlab chiqarish
“JV SOAPCO Ltd“ kompaniyasi “Perfetto“ savdo belgisi ostida sovun ishlab chiqaradi, uning tarkibiy qismlarining sifati va xavfsizligi katta e’tiborga olinadi.
 
 
Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida atir sovun yuqori sifatli Italiya uskunalari; Germaniya, Turkiya va Hindiston davlatlaridan keltirilgan oliy navli xomashyo, shuningdek Yevropa texnologiyalari va Yevropadan maxsus taklif etilgan mutaxasis yordamida jiddiy sifat nazoratidan, test va laboratoriya sinovlaridan oʻtadi.
 
 
Sovun ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
 
 
Bizning sovun turli iste’molchilarga maqsadlangan boʻlib, dastlab, sifat darajasini va barcha komponentlarning xususiyatlarini, shuningdek ularning xavfsizligi, tabiiyligi va barqarorligini tekshirish uchun laboratoriya tadqiqotlaridan va test sinovlaridan oʻtadi.
Birinchi va eng muhim jarayon tugagandan soʻng, zarur komponentlar maxsus mikserga tushib aralashtiriladi. Unga sovun kukuni yuklanadi va 5-10 daqiqa maydalash jarayoni davom etadi, undan soʻng filtirlangan suv, EDTA HEDP, BHT, titandioksit, glitserin, boʻyoqlar va hid beruvchi komponentlar qoʻshiladi. Barcha komponentlar yaxshilab 3-5 daqiqa aralashtirilaydi.
Undan keyin, olingan massa konveyer orqali plodderga yuklanadi. Aynan plodderda, sovun bir hil massaga aylanadi. Havo ajralib chiqqandan soʻng esa zich brus shaklga ega boʻladi.
Olingan bruslar kesish apparatiga tushib kesiladi.
Bruslar kesilganidan soʻng sovun presslash mashinasiga tushadi.
Tayyor sovunlar presslangandan keyin qogʻozli qadoqlash mashinasiga yuboriladi.
Sovun tayyor boʻlganda, uni toʻplash va qadoqlash qoladi. Sovunlar kerakli miqdorda toʻplanib Hindistondan keltirilgan polietilen qadoqlarga oʻraladi va barcha mahsulot qutilarga joylanadi.
Natijada biz tayyor, sinab koʻrilgan va oliy navli mahsulotni olamiz.



© 2018 "SoapCo" MChJ QK. Barcha huquqlar himoyalangan.
Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, «Ko’ksaroy» QFY, «Shamsiobod» MFY, Marhabo ko’chasi-74.
Back to content | Back to main menu