Kompaniya haqida - Tualet sovuni "Perfetto"

Perfetto
Jump to content

Kompaniya haqida

Kompaniyaning tarixi
 
"SOAPCO" QK MChJ oʻz faoliyatini 2017 yilda boshladi, Toshkent shahrida yuqori sifatli sovun ishlab chiqaradigan korxonani yoʻlga qo’yib, "Perfetto" brendini yaratdi.
 
 
Hozirgi kunda 20dan ziyod tovar turlari mavjud bo’lib keng doiradagi auditoriyani qamrab olgan. Yuqori sifatli material va tarkibiy qisimlarni Germaniya, Turkiya va Hindiston davlatlaridan olib kelinishi bilan boshqa sovun ishlab chiqaruvchilardan ajralib turadi.
 
 
QK MChJ SOAPCO kompaniyasi soatiga 1000 kilogrammdan ziyod tayyor sovun ishlab chiqaradi.
 
Barcha mahsulot Italiyadan keltirilgan uskunalarda noyob Italiya texnologiyasi va Yevropa sifat standartlari asosida ishlab chiqariladi.
Vazifa
 
 
Xom ashyo va materiallarni xarid qilishdan boshlab to tayyor mahsulotni chiqarishgacha boʻlgan jarayonlarning barchasi qat’iy sifat nazorati ostiga olingan.
 
Kompaniya oʻz laboratoriyasiga ega bo’lib, unda ishlab chiqarishning har bir bosqichi, sovunning toʻgʻri shakli va uning sinovi Evropadan maxsus taklif etilgan mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
 
Mahsulot ishlab chiqarilishida Italiya uskunalari va Yevropa texnologiyalari jalb qilingan, xom ashyo va materiallar mashhur Germaniya, Turkiya va Hindiston ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilingan.
Tamoyillari
 
 
Perfetto brendining sovunlari – bu yuqori texnologiyalar va teringizni mayin parvarishi uygʻunlgidir.
 
Shuning uchun biz quyidagi tamoyillarga amal qilamiz:
 
- mahsulot sifatini yuqori darajada nazorat qilish
 
- qoʻllaniladigan mahsulotlarning tabiiyligi va ekologik tozaligi
 
- barcha sanitariya me’yorlariga rioya qilish
 
- sifat sertifikatlarini har yil tasdiqlash
 
- yuqori sifatli uskunalar va noyob ishlab chiqarish texnologiyalari
Jamoa
 
 
Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun jamoamizga oʻz sohasidagi haqiqiy mutaxassislardan tashkil topgan guruhni jalb etganmiz.
 
Barcha xodimlar shu sohaning tor va keng qamrovli mutaxassislardir.
 
Jamoamizga qabul qilinishdan oldin, jamoamizning boʻlgʻusi a’zosi profil tayyorlash boyicha maxsus kursdan oʻtadi, ishlab chiqarish xususiyatlarini, sifat standartlarini oʻrganadi, shuningdek, professional rivojlanish boʻyicha maxsus kursni oʻtaydi.



© 2018 "SoapCo" MChJ QK. Barcha huquqlar himoyalangan.
Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, «Ko’ksaroy» QFY, «Shamsiobod» MFY, Marhabo ko’chasi-74.
Back to content | Back to main menu