Go'zallik va so'glik - Tualet sovuni "Perfetto"

Perfetto
Jump to content

Go'zallik va so'glik

Sochlar salomatligi va go'zalligi
Sana: 23.08.2018

Goʻzal va sogʻlom sochlar har bir ayolning faxridir! Qadim zamonlardan beri ayollar turli hil xalq uslublarini qoʻllagan holda sochlarini jilokor, sogʻlom va tez oʻsishi uchun koʻp harakat qilishgan va bu uslublar orasida oddiy kir sovunning ham ahamiyati katta boʻlgan. Qazgʻoq koʻpayishini oldini olish yoki mavjud boʻlgan qazgʻoqli sochlarni quyidagi uslubni bir-ikki marotaba bir necha hafta davomida qoʻllansa natijasi uzoq muddatga yetadi. Sochni sovun bilan yuvish emas, balki sovun asosida tayyorlangan eritma nazarda tutilgan. Bu juda oddiy uslub. Sovunni qirgʻichdan chiqazib suv bilan aralashtiriladi. Sovunni bunday ishlatish uslubi nozik va zaiflashgan sochlar uchun, shuningdek boʻyalgan sochlar uchun yoki bosh terisi sezgir sochlar uchun toʻgʻri kelmaydi. Ammo sizning soch-tolalaringiz bir-biriga yopishgan boʻlsa, tez kir boʻlsa va sogʻlom boʻlmasa, kir yuvish sovuni bu muammolarni hal qilishi mumkin. Sochlaringizni muntazam ravishda sovun bilan yuvib tursangiz, soch toʻkilishini oldini oladi. Vaqt oʻtishi bilan ushbu jarayon sizga toʻkiladigan sochlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Buning uchun bir necha hafta davomida sochlaringizni shampun va boshqa kosmetik vositalarni qoʻllashni toʻxtatib, sochni faqat sovun bilan yuving. Yuvgandan keyin sochlarni quydagi eritma bilan chayish kerak - yarim litr suvga bir osh qoshiq sirkani qoʻshamiz. Bundan tashqari, kastor yogʻi maskasini tayyorlashni oldindan maslahat beramiz.

Sog'lom jilo va yuz terisining go’zalligi
Sana: 23.08.2018

Toʻgʻri va muntazam ravishda parvarishlangan yuz terisi - darhol seziladi! Ammo goʻzallik va salomatlik bir qator omillarga, jumladan, yoshga, oziqlanishga, turmush tarziga va boshqalarga bogʻliq. Kosmetika va shaxsiy gigiyena vositalarini toʻgʻri tanlash masalasi ham e’tibordan chetta qolmasligi lozim. Har kun terini sovun bilan yuvish orqali yuz terisini yoshligini uzaytirish mumkin. Hozirgi paytda, aynan oʻzingizning teringiz uchun sovun tanlab olish juda oson boʻlib qoldi. Misol uchun, yogʻli teri yuzdagi teshiklarning yopilishiga, terining yogʻliligini haddan tashqari koʻpaytirishga, husnbuzarlarning koʻpayishiga moyil boʻladi. Bu holatda, yogʻ qatlamini qoplaydigan, chuqur tozalaydigan va yumshoq ishqalanish kabi harakat qiladigan sovun yaxshi samara beradi. Tarkibi yogʻliroq va kremga ega boʻlgan sovun esa quruq teriga toʻgʻri keladi. Yuvish vositasi yetarlicha namlantirib, yuz terisini mayinlik bilan tozalashi kerak. Tanlashda albatta tarkibida glitserin yoki vazelin mavjudligini tekshirish kerak. Ushbu moddalar terining himoya qatlamini kuchaytirib, oʻta quruq terilar uchun juda muhim hisoblanadi. Juda injiq va sezuvchan teriga esa tarkibida pH-neytral birikmasi va yogʻlilik darajasi baland boʻlgan sovun turini tanlash maqsadga muvofiq boʻladi. Bunday sovun yumshatuvchi ta’sirga ega boʻlishi kerak. Agar sizning teringiz “normal teri” turiga kirsa, bu holda omadingiz bor ekan. Lekin normal teriga hamma turdagi sovunlar toʻgʻri kelaveradi deb yanglishmang. Sovun tanlashda quruq yoki yogʻli terilar uchun degan yozuvga e’tibor berib va shu sovunlarni olmaslikka harakat qiling. Notoʻgʻri tanlangan sovun turi teringiz holatini yomon tarafga oʻzgartirib tashlashi mumkinligini yodda tuting. Bunday holatlarda, moychechak yoki lavanda kabi gullar asosida ishlab chiqarilgan sovunlar toʻgʻri keladi. Terini muntazam ravishda tozalash, atrof-muhitning salbiy ta`siriga faolroq qarshi turadi va uzoq vaqt davomida terining salomatligini va goʻzalligini saqlab qolishga yordam beradi.
Qollar terisning to’g’ri parvarishi
Sana: 23.08.2018

Bizning qoʻllarimiz yil davomida parvarishga, namlanishga muhtoj! Qishda qoʻllarning terisi sovuqdan taʼsirlanib, quruqlanadi va yorilishiga olib keladi. Yozda ultrabinafsha nurlar teriga salbiy ta’sir koʻrsatadi, hattoki dogʻlar paydo boʻlishi mumkin. Hayotimiz davomida har kuni uy ishlari bilan mashgʻul boʻlamiz: ovqat tayyorlash, kir yuvish, uy tozalash, idish yuvish va hokazo. Koʻplab kimyoviy vositalar terining salomatligiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Qoʻllarimiz doim koʻzga birinchi tashlanib turgani uchun, ba’zan yuz va koʻzdan koʻra qoʻllarimiz biz haqimizda koʻproq narsani aytishlari mumkin. Fransuzlar "qoʻllar ayolning tashrif qogʻozi" deb hisoblashadi. Kosmetik vositalardan tashqari, qoʻlni kundalik parvarishlash uchun toʻgʻri tanlangan sovun juda muhim ta’sirga ega . Atir sovun qoʻl terisini parvarishi uchun ishlatiladi, shuning uchun juda past kislota darajasiga ega. Shuningdek, sovun tarkibiga quyidagi parvarishlash moddalari kiradi: oʻsimlik ekstraktlari terini tinchlantiradi, meva qoʻshimchalari – oziqlantiruvchi ta’sirga ega, efir moylari, vitaminlar, namlantiruvchi moddalar. Bu sovunning asosiy vazifasi - terini ehtiyotkorlik bilan samarali tozalaydi va uni namlaydi.
Moychechak asosidagi sovun va uning teri uchun ta’siri.
Sana: 23.08.2018

Moychechak - qadim zamonlardan beri turli kasalliklarni davolash hamda kosmetika mahsuloti sifatida ishlatiladigan universal oʻsimlikdir. Moychechak gullari kosmetologiyada juda qadimdan beri keng ishlatiladi. Moychechak flavonoidlarga boy boʻlganligi sababli antibakterial, viruslarga va yalligʻlanishga qarshi ta’sirga ega.Bundan tashqari tarkibida qimmatbaho efir moyi, yogʻ kislotalarning glitseridlari, kumarinlar, fitosterin va polisaxaridlar mavjud. Ushbu "oddiy" gulning ekstrakti maksimal foyda keltiradi, shuning uchun moychechakdan qilingan sovun barcha foydali xususiyatlarga ega. Bu yalligʻlanishni bartaraf qiladi va teri jilosini oshiradi, yumshoqlik va mayinlik hissini beradi. Moychechakdan qilingan sovun nafaqat terini tozalab yumshatadi, balki maxsus antibakterial toʻsiqni ham yaratadi. Shuningdek bu sovun yuzdagi teshiklarni toraytirib, matlash ta’siriga ega, shu sababli yogʻli teri uchun juda foydali. Sovun gipoallergen ta’sirga ega boʻlganligi sababli, uni sezuvchan teri va bolalar uchun ishlatish tavsiya etiladi.



© 2018 "SoapCo" MChJ QK. Barcha huquqlar himoyalangan.
Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, «Ko’ksaroy» QFY, «Shamsiobod» MFY, Marhabo ko’chasi-74.
Back to content | Back to main menu